Yevropa chempionatidagi yana bir uchrashuvda yirik hisob qayd etildi.
E guruhida 1-turda Italiya termasidan mag‘lub bo‘lgan Belgiya bugun 2-turni irlandlarga qarshi o‘tkazdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishidan 3 daqiqa o‘tiboq belgiyaliklarning hujumi gol bilan yakunlandi. Terma jamoaning asosiy hujumchisi qarshi hujumdan keyin Romelu Lukaku de Bryuynening pasini golga aylantirdi.
61-daqiqada Vitsel bosh bilan aniq zarba yo‘llab, hisobdagi ustunlikni oshirdi - 2:0.
70-daqiqada esa Lukaku dublini nishonladi - 3:0. Bu safar uni Azar pas bilan taxminlagandi. Qayd etish kerakki, bu Lukakuning terma jamoa safida keyingi 6ta o‘yinda 6ta gol urishi bo‘ldi.
Endilikda guruhda Italiya 6 ochko bilan birinchi o‘rinda, Belgiyada 3, Shvetsiya va Irlandiyada 1tadan ochko jamg‘arilgan.
Belgiya – Irlandiya 3:0
Gollar: 1:0 – 48 Lukaku, 2:0 – 61 Vittsel, 3:0 – 70 Lukaku.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Mene, Vermalen, Vittsel, Dembele (Naynggolan, 57), de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Mertens, 64), Azar, Lukaku (Benteke, 82).
Irlandiya – Rendolf, O′Shi, Uord, Koulmen, Klark, Makkarti (Makkleyn, 62), Uelan, Hulahan (Makgidi, 71), Xendrik, Breydi, Long (Kin, 79).
Ogohlantirishlar: Xendrik (42), Vermalen (49).