Venesuelada ocharchilik hukm surmoqda

Jahon 15:45 / 18.06.2016 8313

Mahalliy hukumat ushbu muammoni hal etish maqsadida chetdan bir necha ming tonna oziq-ovqat mahsulotlarnini sotib olishga majbur bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, oziq-ovqatlar jamoat kengashlari orqali ehtiyojmand odamlarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan. Oziq-ovqat vazirligi davlat tomonidan xarid qilingan oziq-ovqatlarning 70 foizi mahalliy ishlab chiqarish va ta'minot qo‘mitalari tomonidan taqsimlanadi.      

Xullas, Venesuela hukumati qaroriga muvofiq oziq-ovqat  mahsulotlari mamlakatdagi 5 mingta davlat qo‘mitalari orqali aholiga yetkazib beriladigan bo‘ldi. Qolgan 30 foizi esa, ular hozir mamlakatda 113 mingdan ortiq xususiy korxonalar tomonidan taqsimlanadi. Venesuela ayni paytda chuqur iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirishga qaramasdan, ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun barcha kuchlar safarbar etilmoqda. Mamlakat neft eksport qiluvchi tashkilot OPeKka a'zo bo‘lib, Angola, Nigeriya va Iroq kabi kreditorlarga avvalgidan 3 barobar ko‘p neft yetkazib bermoqda. Chunki, aynan shu 4ta davlat qora oltin narxining arzonlashishi tufayli kattadan-katta kreditlar olib, qarz botqog‘iga botib qoldi. Bu to‘rtlik bu yil qarz beruvchilarga 30 milliard dollardan 50 milliard dollargacha uglevodorod xom ashyosini yetkazib berishni rejalashtirgan. Bordiyu har 1 barrel neftning bahosi 120 dollarga ko‘tarilgan taqdirda ham 50 milliard dollarlik qarzni uzish uchun bir necha yil ter to‘kib ishlashga to‘g‘ri keladi. Ya'ni kuniga kamida 1 million barreldan neft qazib chiqariladi.

Venesuela yirik neft mamlakati bo‘lishiga qaramasdan energetika inqiroziga ham uchragan. Prezidentning farmoyishiga muvofiq elektr energiyasini tejash maqsadida soat millari yarim soat oldinga surib qo‘yilgan. Issiq o‘lka bo‘lgani tufayli aholining aksariyati tungi vaqtlarda sovutgich va yoritgich asboblardan ko‘proq foydalanadi. Elektr energiyasi asosan gidroelektrostansiyalarda hosil qilinadi. Aprel oyi oxirlaridan boshlab elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lmoqda. So‘nggi bor 2010 yilda qurg‘oqchilik tufayli energetika inqirozi kuzatilgan. O‘shanda ham hozirgi kabi favqulodda holat joriy etilgandi. Qiziq bir holat. Elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar tufayli ko‘pchilik vaqtida idish-tovoqlarni yuva olmayapti, hatto dush ham qabul qilish imkoniyati yo‘q. 

Venesueladagi hozirgi vaziyat Sobiq Ittifoqning so‘nggi kunlarini eslatadi. Savdo peshtaxtalari bo‘shab qolgan. Odamlar tongdan nonushta qilmasdan oziq-ovqat sotib olish uchun navbatga yozilishadi. Inflyatsiya darajasi Zimbabvedagidan ham qolishmaydi. Aholi uchun kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari sut, guruch, o‘simlik yog‘i, makaron mahsulotlari anqoning urug‘i bo‘lib qoldi. Yil boshidan buyon mamlakatdagi kamida 170ta oziq-ovqat do‘konlari talon-taroj qilingan.  Iqtisodiy tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 180 foizni tashkil etgan. Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha Venesuela mintaqada faqat Hondurasdan keyin turadi. Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, har yuz ming kishiga 58tadan qotillik to‘g‘ri keladi. Venesuelada har qadamda istagan odam qotillik qurboniga aylanishi mumkin. Marakaybo ko‘li sohillarida bir necha jinoiy guruhlar uya qurib olgan. Ular asosan baliqchilarning topgan-tutganini tortib olmoqda. Miranda  munitsipalitetida ayni paytda 2 ming 500 baliqchi qayig‘i mavjud.

Ularning qayig‘iga mashhur Nike firmasining yozuvi bitilgan. Mazkur munitsipalitetning 2ta tumanida jinoiy guruh 2 kun ichida qayiqlarning 30ta motorini yechib olgan. Har bir motor taxminan 2,5 ming dollar atrofida turadi.

Venesuelada irqchilik holati ham odatiy hol. Oq tanlilar umumiy aholining 20 foizga yaqinini tashkil etadi. Qolganlari qora tanlilar, metislar va hindulardir. O‘tgan 10 yil ichida venesuelaliklardan 140 mingga yaqini Ispaniyadan boshpana topdi. Ulardan ko‘pchiligining Ispaniyada qarindoshlari bo‘lgani uchun u yerga ko‘chib borishga imkon bo‘lgan. Har kuni poytaxt Karakas bilan qo‘shib hisoblaganda boshqa shaharlardan 2 mingdan ortiq kishi Ispaniyaning konsulliklariga boshpana so‘rab, murojaat qilmoqda.

O‘tgan yili markaziy bank ma'lumotida ta'kidlanishicha, narx-navo 170 foizgacha ko‘tarilib ketdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa joriy yil yakunida bu ko‘rsatkich 720 foiz atrofida bo‘lishini bashorat qilmoqda. Rasmiy Karakas oziq-ovqat taqchilliklarini bartaraf etish maqsadida o‘zining oltin valyuta zaxirasini sotishga kirishdi. Bundan tashqari, yaqin 5 yil ichida Venesuela defolt yoqasiga kelishi ham hech gap emas. 2015 yilda Venesuela rasmiylari 100, 50, 2 bolivarlik banknotlar miqdorini ikki baravarga ko‘paytirdi. Bu albatta milliy valyutani keskin qadrsizlanishiga sabab bo‘lyapti. Markaziy bank yana 10 milliard bolivar kupyuralarga buyurtma bergan. Xullas, xalqaro valyuta jamg‘armasi inflyatsiya darajasi yanga 2 baravardan ortiqqa o‘sishini taxmin qilmoqda. Federal zaxira tizimi va Yevropa markaziy banki yiliga 4 milliard kupyuralik pullarni chop etayotgan bir paytda Venesueladagi bu holatni qanday tushunish mumkin?

Venesuela Janubiy Amerika shimolidagi davlat bo‘lib, Karib dengizi va Atlantika okeani sohillarida joylashgan. Gayyana, Braziliya, Kolumbiya bilan chegaradoshdir. Aholisi 28 milliondan ortiqroq 23ta shtati bor.

Azimjon Po‘latov tayyorladi

Ko‘proq yangiliklar: