Amerikaning Kolorado shtatida tog‘ sheri kichkina bolaga hujum qildi. Bolaning onasi hayotini xavf ostiga qo‘yib, uni sherning iskanjasidan qutqarib qoldi. Bu haqida NBC News nashri ma'lum qildi.
Hozirgi vaqtda bola shifoxonada, shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholashmoqda.
Onaning so‘zlariga ko‘ra, bola ko‘chada akasi bilan o‘ynayotgan bo‘lgan, birdan ko‘chada qichqiriq tovushlari eshitilgan. Shu bois u ko‘chaga yugurib chiqqan va o‘g‘liga tog‘ sheri hujum qilayotganining guvohi bo‘lgan. Ona jon holatda bolasiga tashlanib, uni pumadan qutqarib qolgan.
Bolaning otasi kechki soat sakkizlarda 911 qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘liga tog‘ sherning hujum qilgani va jarohatlangan farzandini shifoxonaga olib ketayotganini haqida xabar bergan. Politsiyaning ma'lumotlariga ko‘ra, bola bir necha jarohat olgan: yuz, bosh va bo‘yin sohalarida. Onasining esa qo‘l va oyoqlari tirnalgan.
Nashrning bergan ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh O‘rmon xizmatining sherifi va xodimi tasvirlangan tog‘ sherini topishdi hamda unga o‘q uzishdi. Mahalliy hukumat vakillari o‘ldirilgan pumani o‘rganib chiqishadi, so‘ngra shu hududda ko‘rilgan yana bir jonivorni izlashga kirishishadi.
Tog‘ sheri - pumalar avlodining eng yirik vakili. Uning tana uzunligi - 100-180 santimetr, dumining uzunligi 60-75 santimetr, vazni - 105 kilogramm. Asosan kiyiklarga hujum qiladi.