2035 yilga kelib, tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan IT (informatsion texnologiyalar) jihozlar bozori ko‘lami 1,5-2 trln dollarga yetadi, deb bayonot bermoqda "R- Farm" kompaniyalar guruhi tibbiyot yo‘nalishi rahbari Mixail Samsonov. U, PXIF-2016 doirasida tashkil etilgan "Milliy texnologiya tashabbusida ITning o‘rni" nomli amaliy nonushtasida qilgan chiqishida shunday fikrlarni bildirgan.
"Health Net bozori doirasida (internet + tibbiyot), informatsion texnologiyalar haqida so‘z yuritilsa, hozirgi vaqtda u 90 mlrd dollar atrofida, ammo 2035 yilga kelib bu raqam 1,5-2 trln dollar bo‘lishi kutilayapti", - degan Samsonov.
Umuman, Health Net sohasida uchta yo‘nalish: IT, tibbiyot va genetikani ajratib ko‘rsatish mumkin, deb aniqlik kiritgan Samsonov.
"Health Net - bu kelajak texnologiyalaridir. Yangi bozorlar yoki bir necha yillardan so‘ng paydo bo‘ladigan bozorlar hajmi hozirdayoq 1 trln dollarga baholanadi. Taxminimizcha, bu raqam 2020 yilda 2 trln, 2035 yilga kelib, 4 trln dollar atrofida bo‘ladi", - deb bashorat qilgan ekspert.
Umuman olganda, Samsonovning qayd etishicha, sog‘liqni saqlash bozori dunyodagi eng yirik bozorlardan biri bo‘lib, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra, uning hajmi 9 trln dollar atrofida bo‘lgan.