Jyeyms Kemeron Atlantida haqida suratga olinuvchi hujjatli filmga homiylik qiladi

Jamiyat 16:09 / 14.06.2016 5649

“Avatar”, “Titanik” filmlari rejissyori Jyeyms Kemeron Atlantida haqida tayyorlanuvchi hujjatli filmga homiylik qiladi, deya xabar beradi NME nashri.

Kartina nomi “Qidiruvdagi Atlantida” deya nomlanib, davomiyligi 2 soatni tashkil etadi.

Bu afsonaviy orolga bag‘ishlangan ikkinchi film hisoblanib, Kemeronning aytishicha, Atlantida ortidagi qiziqarli arxeologik va tarixiy haqiqatlar har doim uni qiziqtirib kelgan.

“Bizning tadqiqotchi jamoamiz uch ming yil avvalgi Atlantida tarixi, o‘sha paytlarda uning qanday ko‘rinishda bo‘lgani, sirli odamlar va yuz bergan qaysi falokat tufayli ularning qirilib ketganligi va  dunyoning ushbu qismiga tegishli bo‘lgan boshqa nazariyalarni ko‘rib chiqamiz”,- deydi Kemeron.

Filmning suratga olish ishlari Sitsiliya, Melte, Ispaniya  va Sardiniya kabi davlatlarda bo‘lib o‘tadi.

Jyeyms Kemeron “Avatar”ning to‘rt davomi, birinchisi-2018 yilda, oxirgisi 2023 yilda chiqishiga  va'da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: