2016 yilning 20 iyunida Yagona umumrespublika protsessing markazi UnionPay International kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda UnionPay xalqaro kartochkalari ekvayringi bo‘yicha loyihasining ochilish marosimini o‘tkazmoqda.
Marosim joriy yilning 20 iyunida soat 10:00da O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi binosida bo‘lib o‘tadi. Marosimda China UnionPay Prezidenti janob Shi Venchao boshchiligidagi UnionPay delegatsiyasi ishtirok etadi
Ma'lumot uchun: UnionPay International to‘lov tizimi – bu yirik va jadal rivojlanayotgan Xitoy to‘lov tizimi bo‘libi, u Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy banki ko‘magida 2002 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab to‘lov tizimining 3.5 milliarddan ortiq kartochkasi emissiya qilingan. UnionPay kartochkalariga dunyoning 143 mamlakatida, xususan 1 mln.dan ortiq bankomat xizmat ko‘rsatadi.