AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp The Washington Post gazetasini "yolg‘onchi va nohalol" deb atab, undan o‘z saylov kampaniyasini yoritishga akkreditatsiyani qaytarib olishga qaror qildi. Bu haqda milliarder tvitterdagi mikroblogida yozdi.
Trampning feysbukdagi sahifasidagi xabarga ko‘ra, bunga gazetadagi "Donald Tramp prezident Obama Orlandodagi otishma bilan bog‘liq, degan taxminni bildirdi" deb nomlangan maqola sabab bo‘ldi. Siyosatchi o‘z so‘zlarining bunday berilishini yolg‘on deb atadi.
Avvalroq Tramp Orlandodagi klubga hujumdan keyin Obamani iste'foga ketishga chaqirgandi, chunki uning aytishicha, Obama otishma haqidagi nutqida "radikal islom" iborasini ishlatishdan bosh tortgan.