Tergov: EgyptAir samolyoti dengizga qulashdan avval havoda 360 gradusga aylanib ketgan

Jahon 07:46 / 14.06.2016 8343

19 may kuni O‘rta Yer dengizida falokatga uchragan EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti fojiadan bir daqiqa oldin havoda to‘liq aylanish qilgan, deb xabar bermoqda falokatni tergov qilish komissiyasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Misr qurolli kuchlari tomonidan taqdim qilingan radarlardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, "samolyot falokatga uchrashidan avval chapga burilgan, so‘ngra havoda to‘liq aylanib ketgan". Komissiyaning ta'kidlashicha, bu ma'lumotlar grek va britan mutaxassislari bergan axborot bilan mos tushadi.  

Shuningdek, samolyot qora qutilaridan signal 24 iyungacha tarqalishi ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, fojia tergoviga AQShning transport xavfsizligi milliy kengashi qo‘shilgan.

Samolyot Parijdan Qohiraga uchayotganda O‘rta Yer dengizi ustida radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyot bortida 66 kishi, ulardan 56 nafari yo‘lovchilar bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: