Pokiston AQShning 8 ta F-16 samolyotini sotib olishni rad etdi, deb aytdi Pokiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ayzaz Choudri. Bu haqda RNS nashri xabar bermoqda.
Uning aytishicha, Pokiston bu masala bo‘yicha Iordaniyaga murojaat qilmoqchi.
Ta'kidlanishicha, Pokiston bilan AQSh o‘rtasidagi keskin munosabatlarga sabablardan biri "Pokistonning Xitoy bilan yaqin aloqalari" hisoblanadi.
"Pokiston AQSh bilan bir qator masalalar bo‘yicha hamkorlik qila olmaydi. Bulardan biri – mamlakatning suveren holati", deb aytdi Choudri.
Avvalroq AQSh Rossiya tomonidan 9 mlrd dollarlik qiruvchi samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomaning ilib ketilishidan xavfsirayotgani ma'lum qilingandi.