AQSh prezidenti Barak Obama orlandolik qotil yirik ekstremistik tuzilmaning a'zosi ekani haqida isbotlar yo‘qligini aytdi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Obamaning aytishicha, qotil internet orqali tarqalgan ekstremistik axborotdan ilhomlangan bo‘lgan.
Obamaning ta'kidlashicha, tergov boshlang‘ich bosqichda turibdi va ayni vaqtda "Terrorchilik" moddasi bo‘yicha olib borilmoqda.
Prezident qotilni bu jinoyatga undagan motivlar o‘rganilayotgani va o‘tgan yilgi San-Bernardinodagi voqea bilan o‘xshashligi borligini ma'lum qildi.
12 iyunda Orlandodagi klubda 29 yoshli Omar Matin sodir etgan otishmada 50 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi yaralandi.
2015 yil 2 dekabrda San-Bernardinoda imkoniyati cheklangan odamlarga mo‘ljallangan markazda otishma sodir bo‘lgandi. Hujumni Said Rizuan Faruk va Tashfen Malik sodir etgan. Otishma oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi yaralangandi.