Nyu-Yorkda politsiya o‘qotar qurol bilan besh nafar o‘smirni yaralagan noma'lum jinoyatchini qidirmoqda. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, voqea Bruklindagi bolalar maydonchasida bo‘lgan.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, o‘smirlar shifoxonaga yotqizilgan. Ularning hayoti xavf ostida emas. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining aniqlashlaricha, yaralanganlar 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar bo‘lgan.