Londonning yangi meri Sodiq Xon jamoat transportlarida ochiq reklamalardan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, gap odamlar o‘z tanasidan uyalishiga sabab bo‘luvchi illyustratsiyali suratlar haqida bormoqda.
Yaqinda London metrosida ozish haqidagi reklama paydo bo‘lgan. Unda ichki kiyim kiyib olgan kampir tasviri gavdalantirilgan va plakatda “Sening tanang cho‘milish mavsumiga tayyormi?”, degan so‘zlar keltirilgan.
FT’ning ma'lum qilishicha, bu odamlar o‘rtasida norozilik keltirib chiqargan. Ushbu plakatni olib tashlash uchun 70 ming odam ariza to‘plagan.