Yevro-2016: Italiya Belgiyaga qarshi o‘yinda 3 ochko ishladi

Sport 01:59 / 14.06.2016 6274

Italiya Yevropa chempionatini Belgiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi.

Birinchi bo‘limda tashabbus belgiyaliklar tomonida bo‘ldi. 10-daqiqada Naynggolan uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo‘lladi, Buffon zarbani bartaraf etdi.

32-daqiqada hisob ochildi. Bonuchchi maydon markazidan to‘pni Jakkeriniga aniq yetkazib berdi. U esa jarima maydoni ichida darvozabon bilan yolg‘iz qolib, Kurtua qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi - 1:0.

Ikkinchi bo‘limda ham vaziyat o‘zgarmadi. Belgiya katta kuch bilan hujumga otlandi. Lukaku, Azar va Origida bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo italiyaliklar bugungi o‘yinda hatoga yo‘l qo‘yishmadi.

So‘nggi daqiqalarda esa belgiyaliklar raqibning qarshi hujumini o‘tkazib yuborishdi. Kandreva to‘pni egallab, jarima maydoniga kirib keldi va Pellega oshirdi. Grasiano to‘pni to‘xtatmasdan zarba yo‘llab, hisobni oshirdi - 2:0.

Birinchi turdan keyin Ye guruhida Italiya 3 ochko bilan peshqadam. Irlandiya va Shvetsiyada bittadan ochko. Belgiya oxirgi o‘rinda.

Belgiya – Italiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 32 Jakkerini, 0:2 – 90 Pelle.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Siman (Ferreyra Karrasko, 75), Vermalen, Vittsel, Nainggolan (Mertens, 62), Fellayni, de Bryuyne, Azar, Lukaku (Oriji, 73).
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Darmian (De Shilo, 59), Bardzali, Parolo, Kandreva, de Rossi (Motta, 78), Jakkerini, Pelle, Eder (Immobile, 75).
Ogohlantirishlar: Kellini (65), Eder (75), Bonuchchi (78), Motta (84), Vertongen (90).

Ko‘proq yangiliklar: