Ellikqal'ada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining VII konferensiyasi na'munaviy tarzda o‘tkazildi

O‘zbekiston 10:47 / 14.06.2016 4004

Joriy yilning iyun-iyul oylari davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi VII hisobot saylov Konferentsiyalari o‘tkazilishi belgilangan. 13 iyun kuni Ellikqal'a tuman Madaniyat saroyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Ellikqal'a tuman Kengashining navbatdagi VII Konferentsiyasi o‘tkazildi. Tadbir Harakatning Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamda tuman Kengashlaridan kelgan mehmonlarni kutib olish bilan boshlandi. Madaniyat saroyida iqtidorli yoshlarning ijodiy ishlari va erishgan yutuqlari aks etgan ko‘rgazma tashkil etildi. Xisobot saylov Konferentsiyasi Harakatning tuman Kengashi tomonidan o‘tgan ikki yarim yil davomida amalga oshirilgan ishlarning videoroligi npmoyish qilindi. Tadbirda tuman Hokimi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Vasiylik Kengashi raisi, Harakatning Markaziy Kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashidan vakillar, shahar va tuman Kengashlari raislari, ta'lim muassasalari rahbarlari, ovul mahalla raislari, hamkor tashkilotlar va 600 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok qildilar.

Konferentsiya kun tartibiga ko‘ra Kengash va nazorat taftish organlarining ikki yarim yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisobotlari eshitildi. Tuman Kengashi Nazorat taftish komissiyasi, 21 kishidan iborat tuman Kengashi a'zolari, Kengash a'zolari orasidan Harakatning Ellikqal'a tuman Kengashi raisi hamda Harakataning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining navbatdagi VII Konferentsiyasiga 11 nafar delegatlar saylandi. Tadbir yakunida tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi, “Kamolot” faollari ishtirokida konsert dasturi va badiiy chiqishlar namoyish qilindi.

Oybek Otajanov

Ko‘proq yangiliklar: