Egizak opa-singil aktrisa Olsenlar 30 yoshga to‘ldi 

Jamiyat 01:18 / 14.06.2016 17615

Egizak opa-singil Eshli va Meri-Keyt Olsen o‘zlarining birinchi kinosinovlaridan 6 oylik davrlarida o‘tganlar va keyin 8 mavsum davomida "To‘la uy" komedik serialida yolg‘iz otaning kenja qizi Mishel Tanner rolini ijro etishgan. Prodyuserlar bu ayyorlikka balog‘atga yetmaganlar mehnati haqidagi qonunni chetlab o‘tish uchun borishgan, biroq opa-singillar uchun bu juda qo‘l kelgan.

Ular bu rollari uchun yosh artistlarga beriladigan mukofot Young Artist Awards’ni 3 marta qo‘lga kiritishgan. Ular shou yakunlangandan keyin o‘zlarining agentliklarini tashkil etishgan (shu tariqa tarixdagi eng yosh prodyuserlar bo‘lishgan), o‘z brendlarini ommalashtirib, yoshlar o‘rtasida ommalashgan bir nechta filmlarda suratga tushib, yoshlar o‘rtasida o‘ziga xos uslub yaratishgan.

Qizlar 2002 yilda 17 yoshlarida birinchi marotaba eng boy mashhurlarning yuztaligiga kirishgan, 5 yildan keyin esa 100 mln dollarlik davlat bilan ushbu ro‘yxatning 11-pog‘onasini egallashgan.

Opa-singil 2004 yildan birgalikda suratga tushmay qo‘yishgan, ularning yakka tarzdagi faoliyatlari esa muvaffaqiyatli bo‘lmagan.

Hozirda ularning asosiy mashg‘ulotlari moda bo‘lib qolmoqda va gap "To‘la uy" serialining davomini olish haqida ketganda ular bandliklari sababli serialdagi rollariga qaytishni rad etishgan. 

Serial prodyuserlari serialning davomi – "Yanada to‘la uy"ning birinchi mavsumida (2016 yil boshida chiqqan) yana ayyorlikka borishdi: qizlarning qahramoni ancha uzoqda yashagani sababli kadrda paydo bo‘lmaydi. Opa-singil bilan muzokaralar olib borilmoqda va serial mualliflari egizaklardan biri serialda qatnashishga rozi bo‘lishiga umid qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: