BMT: 2017 yilda dunyoda taxminan 1,19 million qochqin qayta turar joyga ehtiyoj sezadi

Jahon 13:40 / 14.06.2016 2244

1,19 milliondan ortiq qochqinlar 2017 yilda boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tishga ehtiyoj sezishadi, ularning 40 foizi suriyaliklardan iborat bo‘ladi. Bu haqida BMTning qochoqlar bo‘yicha oliy komissar boshqarmasining (QOKB) Jyenevada chop etilgan ma'ruzasida ma'lum qilingan. 

"Ba'zi mamlakatlar tomonidan qayta joylashuv uchun kvotalarni ko‘paytirish, global imkoniyatlarning kengayishi va takliflarning o‘sishiga qaramay, ko‘chishga muhtoj odamlar soni 1,19 milliondan oshadi", - ma'lum qiladi QOKB.

Eng katta guruhni suriyaliklar tashkil qiladi. Undan so‘ng sudanliklar (11 foiz), afg‘onlar (10 foiz) va kongoliklar (9 foiz) keladi.

QOKBda mamlakatlarning qochqinlar joylashishi uchun keyingi yilga 170 ming o‘rin taklif qilishini kutishmoqda. Bu joriy yildagidan (143 ming) ancha ko‘p.

"Qayta joylashtirish hozir har qachongidan ham muhimroq va biz bu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak", - dedi BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap "qochqinlar himoyasi uchun javobgarlikni bo‘lib berish zarurati haqida ketmoqda", lekin bu yo‘nalishda "ancha ko‘p ish qilinishi kerak". 

QOKB joriy yilning mart oyida dunyo hamjamiyatiga katta qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan Suriyaning qo‘shi mamlakatlarida joylashgan suriyaliklarning 10 foizini (480 ming) boshqa joylarga ko‘chirishga chaqirib murojaat qilgan. BMT muammoning yechimini topish uchun qayta joylashuvdan tashqari qochqinlarga gumanitar vizalar va stipendiyalar taqdim qilinishi, oilalarni qayta birlashtirish kabi "qo‘shimcha yo‘llar"ni o‘rganib chiqmoqda.

Ma'ruzaga ko‘ra, 2015 yilda AQSh qayta joylashuv uchun 82 mingdan ortiq joy taqdim etgan, Kanada - 23 ming atrofida, Avstraliya - 9 mingdan ortiq, Norvegiya - 4 mingdan ortiq joy ajratgan.

Ko‘proq yangiliklar: