Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots Italiyaga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin italiyaliklarning qarshi hujumga asoslangan o‘yinini tanqid qildi va "bu haqiqiy futbol emas" deb aytdi.
"Italiyaliklar o‘yini - butun guruh uchun katta ko‘ngilsizlik. O‘yinning birinchi yarim soati ular bizga hech narsa yaratishga imkon bermadilar. Biz qila olgan yagona narsa – uzoq masofadan tepish bo‘ldi. Keyin biz himoyada kichik xatoga yo‘l qo‘ydik va Italiya gol urdi. Alderveyreld va Siman bu vaziyatda bir-birlarini tushunmadilar.
Bundan keyin vaziyatni tenglashtirish qiyin kechdi. Italiya – kuchli va tajribali jamoa. Tanaffusdan keyin biz ancha yaxshiroq o‘ynadik, biroq himoyada "Yuventus" to‘sig‘ini yengib o‘tish qiyin bo‘ldi. Shunga qaramasdan, biz bir nechta a'lo darajadagi golli vaziyatni yarata oldik, biroq ularni amalga oshira olmadik. Bu esa bunday yuqori darajada jazolanadi.
Italiya ataylab qarshi hujumlarda o‘ynadi. Ular butun jamoa bilan orqaga qaytib, haqiqiy futbol o‘ynashmadi.
Ikkinchi bo‘limni men o‘yinni ko‘ra olgandek ko‘rganingizga ishonchim komil emas. Italiyaliklar 10 kishi bo‘lib himoyalanishdi. Qani buzib ko‘r", deb Vilmotsning so‘zlarini keltirib o‘tdi Football Italia nashriga asoslanib Tribuna.uz.