poniya hukumati Hokkaydo, Simane va Yamagauti prefekturalari sohillaridagi okeanostini o‘rganish ishlarini kuchaytiradi, deb yozmoqda "Iomiuri" gazetasi.
Olib boriladigan ishlar rejasi 2017 yil yanvar oyiga tayyor bo‘ladi. Hukumat, kamida 20 ming kvadrat kilometr shelfni o‘rganadi, buning uchun dengizga takomillashgan qurilmalarga ega kemalar chiqariladi. Bundan tashqari, xususiy kompaniyalar ham jalb etiladi. Mamlakat hukumati shuningdek, 43 ming kv km maydondan to‘plangan ma'lumotlarni tahlil qiluvchi dastur ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Avvalroq, Yaponiya hukumati, mamlakatning Aiti va Mie prefekturalarining Yapon dengizi sohillarida aniqlangan metangidrat konlaridan metan gazini qazib olishni shu yilning kuzidan boshlashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yaponiya 2013 yil martida, dunyoda birinchi bo‘lib, Tinch okeani ostida aniqlangan metangidrat konidan tabiiy gaz qazib olishni boshlagandi.
Metangidrat - bu metan gazining suv bilan aralashmasi bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan qor yoki qorga o‘xshab erigan muzga o‘xshab ketadi.