Iroqdagi amerikalik harbiylar IShID terrorchilik guruhiga qarshi birinchi marotaba Apache (AH-64D) vertolyotlarini qo‘llashdi. Bu haqja jurnalistlarga AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Bryusseldagi NATO davlatlari mudofaa vazirlari uchrashuviga ketayotganda aytdi.
"O‘tgan 24 soat ichida qo‘mondonlar Apache vertolyotlarini qo‘llashdi. Bu vertolyotlarning birinchi jangovor qo‘llanishi bo‘ldi", deb aytdi Karter.
Pentagon vakillari vazifani bajarishda bir nechta vertolyot qo‘llangani, biroq ulardan birigina zarba berganini ma'lum qilishdi. Terrorchilar tomonidan ushlab turilgan Mosuldagi nishon yo‘q qilingan.
Karterdan amerikalik harbiylarning Iroqda quruqlikdagi operatsiyalardagi ishtiroki haqida so‘raldi. "Biz har kuni bombalar tashlaymiz, raketalar otamiz, u yerda bizning harbiy maslahatchilar bor. Barcha operatsiyalar xatar bilan bog‘langan. Iroq va Suriya osmonida hozir uchuvchilarimiz bo‘lib, ular xatar ostida", deb javob berdi Karter.