Afg‘oniston AQShning o‘z harbiylari vakolatlarini kengaytirganini olqishladi

Jahon 10:59 / 14.06.2016 3312

Afg‘onistonning AQShdagi elchisi Hamidulla Mohibning bayonot berishicha, afg‘on hukumati AQSh prezidenti Barak Obamaning "Tolibon" radikal guruhiga qarshi kurashda Amerika harbiylarining vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qarorini olqishlaydi. 

«Bu AQSh harbiylarining "Tolibon"ga qarshi kurashda afg‘on hamkasblariga yordam berishlariga imkon beradi. Biz buni ma'qullaymiz», — degan Mohib. 

Elchining qo‘shimcha qilishicha, Afg‘oniston hukumati mamlakat xavfsizligiga oid vaziyatni doim tahlil qilib turadi hamda zarur bo‘lgan taqdirda yordam so‘rab AQShga murojaat qiladi.

Avvalroq, prezident Barak Obama Afg‘onistondagi Amerika harbiylarining vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi tashabbusni ma'qullagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: