13 iyun kuni Moliya vazirligi qoshidagi Respublika yo‘l fondi tomonidan matbuot konferensiyasi o‘tkazildi, unda avtomobil yo‘llarining qurilishi va qayta ta'mirlanishi hamda bu maqsadlarda halqaro moliya institutlarini jalb qilish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Tadbir tashkilotchilari mustaqillik yillarida respublika rahbariyatining transport infratuzilmasiga, xususan, yangi yo‘llarning qurilishi hamda eskilarining ta'mirlanishi, ularning sifatini xalqaro darajaga olib chiqishga katta e'tibor qaratayotganini alohida ta'kidlashdi.
Bu gaplar raqamlarda o‘z isbotini topdi. 2006 yilda avtomobil yo‘llarining qurilishi va qayta ta'mirlanishiga 31,6 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2016 yil xuddi shu maqsadda 1 781,6 milliard so‘m safarbar etildi. Ulardan 1 280 milliard so‘m - Respublika yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari, 501,6 milliard so‘m xalqaro moliya institutlari vositalaridir.
Demak, o‘tgan o‘n yil ichida avtomobil yo‘llarini qurish va qayta ta'mirlashga moliyaviy vositalarning ajratilishi 56 marotaba oshgan.
2016 yilda xalqaro talablarga javob beruvchi 513 kilometr avtomobil yo‘llarini qurish va qayta ta'mirlash ko‘zda tutilmoqda, shundan 142 kilometri sement bilan, 371 kilometri esa asfaltbeton bilan qoplanadi.
2009 yildan to 2018 yilga qadar mamlakatda 1 108 kilometr avtomobil yo‘llarining qayta ta'mirlanishi rejalashtirilgan.