Ramazon oyi mobaynida Toshkent islom universiteti “Ziyo” studiyasi tomonidan “Oriyat dono” radiokanali orqali “Ziyo chashmasi” radiodasturi efirga berib borilmoqda.
Ushbu radiodasturning ertangi eshittirishida “Ezgulikning mukofoti - faqat ezgulikdir” mavzusida Andijon viloyati bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov yaxshilik va uning foydalari xususida so‘z yuritadilar. Eshittirishni 14 iyun kuni tonggi soat 03:30 da hamda kechgi soat 19:30 da tinglashingiz mumkin.
“Ziyo” ko‘rsatuvida “Ramazon oyning xosiyatlari”
Dunyoda shunday bog‘ borki, u mehr-muhabbatni voyaga yetkazadi, yer yuzida ezguliklarni bunyod etadi. Inson hayotining asosi, imon-e'tiqod maskani udir. Dunyoning obodligi, hayotning nurafshonligi ham u bilan. Jumlai olam u tufayli bir butun beshik. Ha! Odamzodni bir-biriga yaqin qiladigan bu mo‘'jaz gulshan qalb. Uni hamisha pok saqlash, yaxshilik, odamiylik tafti ila yuksaltirish lozim.
Shuningdek, inson jasadida bir parcha go‘sht bor, agar u solih bo‘lsa, barcha jasad solih bo‘ladi, agar u buzilsa, jasadning hammasi ham buziladi... Bu nima?..
Yillar davomida yig‘ilgan solih amallarni bir zumda sarob qiluvchi va insoni imondan ayiruvchi tuyg‘u...
Bularning bari haqida batafsil “Ziyo” ko‘rsatuvining “Hasad – savoblar kushandasi” mavzusi orqali tomosha qiling.
Ko‘rsatuv kechki soat 18:40 hamda tungi 02:40 vaqti bilan namoyish etiladi.