Universal Sug’urta aksionerlik jamiyati "Qishloq qurilish banki" ATBning aksiyalarini qo‘lga kiritdi. Bu haqida kompaniya xabarida ma'lum qilingan.
Universal Sug’urta aksionerlik jamiyati GEWINN-LUX mas'uliyati cheklangan jamiyatdan "Qishloq qurilish banki"ning 7 128 124 ta oddiy aksiyalarini qo‘lga kiritdi.
Sug‘urta kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, shartnoma summasi taxminan 850,029 million so‘mni tashkil qiladi.