Ukrainaning Qozog‘istondagi elchixonasi Bojkoning so‘zlaridan achchig‘ini yashirmadi

Jahon 16:22 / 13.06.2016 6061

Ukrainaning Qozog‘istondagi elchixonasi, Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi vitse-spikeri Vladimir Bojkoning ukrain siyosatchisi Irina Farion haqida aytgan so‘zlariga izoh berdi. 

Bojko 10 iyun kuni Qarag‘andadagi etnik madaniy markazlar vakillari bilan uchrashuvida Irina Farion sha'niga haqarotomuz so‘zlar aytgan edi. 

"Men xohlardimki, rus tilida gaplashadiganlar ongi oqsoq kishilardir, degan "fohisha" Farionni hayotning o‘zi ta'zirini bersin", — degan majlis vitse-spikeri. 

"Ofitserlar ayollarni bu kabi xaqorat qilishi ordir. Chunki ofitserlik shunchaki oddiy narsa emas. Ishonamizki, qozog‘istonliklarning o‘zlari, ularning onalari, rafiqa va qizlarini "rus tilida" so‘zlashuvchilar shunday so‘zlar bilan haqorat qilishiga rozi bo‘lishmaydi" — deyiladi izohda. 

Ma'lum bo‘lishicha, Vladimir Boyko general-leytenant unvoniga egadir.

Ko‘proq yangiliklar: