To‘rt nafar insonga nisbatan qotillik uyushtirganlikda gumon qilingan jinoyatchi bilan suratga tushish natijasida, Turkiya politsiyasining uch nafar xodimi ishdan bo‘shatildi. Hürriyet gazetasining ma'lum qilishicha, ularga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlab yuborilgan.
Turkiyada qator qotilliklar qilishda ayblangan Atalay Filiz bilan birga Anqara xavfsizlik boshqarmasining jinoyat ishlari bo‘limi xodimi selfi qilgan. Xodimning o‘zi suratlarni internetda tarqatmagan. Suratni Izmirdagi uning hamkasbi tarmoqlarda tarqatgan. Bu ishlarning bari matbuotda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng, politsiya rahbariyati xodimlarni ishdan bo‘shatishga va ular ustidan tekshiruv olib borishga ko‘rsatma bergan.