Tramp mamlakat rahbariyatini zaif deb atadi va musulmonlarga AQShga kirishni taqiqlashga chaqirdi

Jahon 09:27 / 13.06.2016 7784

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Orlandodagi teraktdan keyin mamlakat rahbariyatini zaif deb atab, tanqid qildi. U bu haqda tvitterdagi mikroblogida yozdi. 

Bundan tashqari, Tramp musulmonlarga AQSh hududiga kirishni taqiqlashga chaqirdi.  

"Orlandoda sodir bo‘lgan voqea – bu faqat boshlanishi. Bizning rahbariyat zaif va samarasiz. Men chaqiriqni qabul qildim va taqiqlovga chaqirdim. Biz qat'iy bo‘lishimiz lozim", deb yozdi milliarder.

Avvalroq Tramp ko‘plab odamlar halok bo‘lib, yaralangan Orlandodagi vaziyatni "juda yomon" deb aygandi. U politsiya teraktni tergov qilayotgan bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: