Toshkentda o‘tgan yengil atletika bo‘yicha musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar munosib ishtirok etdi

Sport 18:06 / 13.06.2016 3384

Toshkentda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogi o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

O‘zbekison Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada sportchilarimizdan tashqari Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan 350 nafarga yaqin atlet kuch sinashdi.

Musobaqaning o‘nkurash bahslarida tajribali o‘zbekistonlik sportchi Leonid Andreyev 8250 ochko to‘plab birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Nayza, bosqon, yadro va disk uloqtirishda Ulug‘bek Egamberdiyev, Suhrob Xo‘jayev, Sergey Dementev, Sanobar Erkinova, Sofiya Burhonova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Uch hatlab va uzunlikka sakrash bahslarida Ruslan Qurbonov va Timur Husnulinga teng keladigan topilmadi. 

O‘n kilometrga sportcha yurish bo‘yicha Shohrux Salomov va Zuhra Qahramonova, 110 metrga to‘siqlar osha yugurishda Nikolay Rozanov va Valentina Kibalnikova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Turli masofalarga yugurish bahslarida Jaloliddin Hamroqulov, Sardor Baxtiyorov, Andrey Kulikov, Roman Shtukan, Zulfizar Abdullayeva, Kumush Matyoqubova, Muattar Baratova marra chizig‘iga birinchi keldi. 100 metrga estafeta bahslarida Toshkent shahri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: