Toshkendagi Fransiya elchixonasi 20-24 iyun kunlari yopiq bo‘ladi

O‘zbekiston 19:57 / 13.06.2016 7327

Qurilish va ta'mirlash ishlari boshlanganligi tufayli Toshkentdagi Fransiya elchixonasi 2016 yil 20-24 iyun kunlari yopiladi. Bu haqida elchixona rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Qayd etilgan kunlarda elchixonaning Vizalar bo‘limi yopiq bo‘ladi va hujjatlar ham qabul qilinmaydi. Fransiyaga yoki Toshkentdagi Fransiya elchixonasi viza beradigan boshqa bir davlatga yaqin kunlarda borishni rejalashtirgan shaxslar uchun qulaylik yaratish maqsadida, Vizalar bo‘limi 13-17 iyun kunlari soat 9.00 dan 12.00 gacha va 15.00 dan 17.30 gacha faoliyat olib boradi. 

Saytda qayd etilishicha, 27 iyundan boshlab, vizaga hujjat topshiruvchilar TLS Contact kompaniyasi orqali oldindan qabulga yozilgan bo‘lishi shart. Ushbu xizmat 20 iyundan boshlab ishga tushadi. TLS Contact kompaniyasi bilan bog‘lanishga oid qo‘shimcha ma'lumotlar e'lon qilinadi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: