Tailandda yo‘lovchilarni aeroportga keltiruvchi avtobus yonib ketdi

Jahon 12:38 / 13.06.2016 4033

Bangkokning Suvannapxum aeroportiga yo‘l olgan avtobusda bexosdan yong‘in paydo bo‘lib, u  bir necha daqiqa ichida alanga qurshovida qolgan. Xabarlarga ko‘ra, haydovchi eshiklarni ochib, yo‘lovchilarni qutqarishga ulgurgan. Ularning hech biri jabrlanmagan, deb xabar qiladi mahalliy politsiya mahkamasi.
 
Ma'lum bo‘lishicha, 20 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus dvigateli kutilmaganda yona boshlagan. U Bangkok aglomeratsiyasining bir qismi bo‘lgan Samutprakan provinsiyasidan aeroportga ketayotgan bo‘lgan. 

Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: