Stockmann kiyim-kechak riteyleri Finlyandiyada ishchilari sonini qisqartirishi mumkin

Iqtisodiyot 22:35 / 13.06.2016 4146

Finlyandiyaning Stockmann kiyim-kechak riteyleri Finlyandiyada deyarli 400 ishchi sonini qisqartirishi mumkin. Bu haqda kompaniya xabarida aytilmoqda.

Kontsern hisob-kitoblariga ko‘ra, "qisqartirishga 380 kishi uchrashi mumkin". Yle telekompaniyasi ma'lum qilishicha, xodimlar 2016 yil kuzida iste'foga chiqarish, xodimlarni pensiyaga chiqarish va vaqtinchalik mehnat shartnomalarini uzaytirmaslik  yo‘li bilan qisqartiriladi. Kompaniya shu tariqa o‘zining tejamkorlik dasturini amalga oshiradi, kompaniya unga ko‘ra sarf-xarajatlarni yiliga 20 mln yevroga qisqartirmoqchi.  

2015 yil oxiriga ko‘ra, kompaniya xodimlari soni 9,7 ming kishini tashkil qilgan.

2015 yilda qisqartirishlar haqida kompaniyaning savdosi va daromadlari pasayishi ortida ma'lum qilingan.

Stockmann 16 ta davlatda ishlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: