Samsung yangi flagman "taxtlama"sini tayyorlamoqda

Fan-texnika 19:30 / 13.06.2016 5964

O‘tgan yilning oxirida Samsung kompaniyasi qachonlardir mashhur bo‘lgan "taxtlama" shaklidagi W2016 smartfonini taqdim etgan edi. Qurilma faqat Xitoyda sotilgan va uning narxi ikkita Galaxy S6 smartfoni bahosiga teng bo‘lgan. Bu turdagi qurilmalar o‘z muxlislariga ega bo‘lgani bois ishlab chiqaruvchilar yangi SM-2017 "taxtlama"si ustida ishlashmoqda. Kompaniyaning o‘zida qurilma Veyron kodli nomi ostida yuritiladi. Shunisi qiziqki, uning qurilma ta'minoti flagmancha bo‘ladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Samsung SM-2017 sakkiz yadroli Exynos 8890 protsessori hamda Galaxy S7 kabi 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli frontal kameraga ega bo‘ladi. Smartfonning ikkita displeyi bo‘ladi: tashqi va ichki, ularning har biri 3,9 dyuymdan iborat bo‘lib, maxsus Super AMOLED texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi. 

Samsung SM-2017 yangi qurilmasi joriy yilning yakuniga yaqin faqat Xitoy bozorida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: