Madridning «Real» jamoasi himoyachisi Serxio Ramos terma jamoaga jalb qilingan o‘z jamoadoshlari hamda «Barselona» futbolchilari orasida hech qanaqa muammolar yo‘qligi qayd etdi.
Qayd etish kerakki, Ispaniyadagi bu ikki grand jamoa futbolchilari ichki chempionat doirasidagi o‘zaro o‘yinlarda maydonga "bir-birini yanchib tashlash" uchun tushadi. Bu holat ayniqsa «qaymoqranglilar»ni Joze Mourino boshqargan vaqtlarda kuchaygandi.
«Qachonki «Real» va «Barselona» a'zolari Ispaniya terma jamoasi safiga kelganida ular birgalikda katta maqsadlar sari yo‘l boshlashadi. Biz birgalikda bir-birimizni yaxshi tushungan holda o‘ynaymiz. Bizni bir maqsad va bir mamlakat birlashtiradi. Shunday ekan biz yanada yaxshiroq o‘ynashga intilamiz. Milliy terma jamoa safida barcha boshqa gerblar haqida unutadi», — deya Ramosning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tribuna.uz.
Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionatidagi ilk o‘yinini bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Chexiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.