Rossiyalik tadbirkorlar Alisher Usmonov, Viktor Vekselberg va Aleksey Mordashov Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan xayr-sahovat ishlari uchun unvonlar bilan taqdirlandi.
Tegishli farmon huquqiy axborot rasmiy internet-portalida chop etildi.
Ta'kidlanishicha, metsenat Alisher Usmonov, "Gruppa kompaniy "ReNOVA" YoAJ direktorlar kengashi raisi Vekselberg, "Severstal" OAJ direktorlar kengashi raisi Mordashov "xayr-sahovat va jamoatchilik ishlariga qo‘shgan ulkan hissasi uchun" medali bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, farmonga ko‘ra, "ezgu ishlari uchun" medali bilan "Sibirskaya ugolnaya energeticheskaya kompaniya" AJ direktorlar kengashi raisi Andrey Melnichenko taqdirlandi.