«Pittsburg» «San-Xose» jamoasini mag‘lub etib, Stenli kubogi sohibi bo‘ldi

Sport 11:06 / 13.06.2016 3565

Stenli kubogi finalining oltinchi uchrashuvida «Pittsburg Pingvinz» mehmonda «San-Xose Sharks» xokkey jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu bilan, «Pittsburg» final o‘yinlarida g‘alaba qozonib, Stenli kubogini yutib oldi. 

O‘yinning 9-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Brayan Dyumoulin hisobni ochgan. Ikkinchi davrda «akulalar» vakili Logan Kutyur hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, atigi 3 daqiqa o‘tib, Kris Letang «Pittsburg»ni yana oldinga olib chiqdi. 

«San-Xose» xokkeychilari qanchalik urinishmasin, aksincha o‘z darvozalaridan yana bitta shayba o‘tkazib yuborishdi. O‘yin tugashiga juda oz vaqt qolganida, Patrik Xyornkvist akulalar darvozasiga kiritilgan uchinchi shayba muallifi bo‘ldi. 

«Pittsburg» xokkey jamoasi o‘z tarixida to‘rtinchi marta Stenli kubogini yutishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan avval, «pingvinlar» 1991, 1992 va 2009 yillarda ushbu sovrin sohibiga aylanishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: