Rossiyaning Perm shahrida Mercedes-Benz mikroavtobusi, salonidan tushib qolgan qizchani bosib ketgan, deb xabar qilmoqda Perm o‘lkasi IIB boshqarmasi.
Mazkur voqea yuzasidan RF Jinoyat kodeksi 264 moddasi 3 bandi («Yo‘l harakati qoidasini buzish hamda ehtiyotsiz tufayli inson o‘limiga olib kelgan transport vositasini boshqarish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tergovning aniqlashicha, haydovchi mikravtobusning eshigi ochiq holda harakatni boshlagan. Oqibatda, 2012 yilda tug‘ilgan qizcha transport vositasi salonidan tushib, g‘ildiraklari ostida qolib ketgan. U shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, olgan jarohatlari sabab hayotdan ko‘z yumgan.