Obama Orlandodagi otishmani "terakt va nafrat akti" deb atadi

Jahon 06:56 / 13.06.2016 9054

AQSh prezidenti Barak Obama 50 kishining hayotini olib ketgan Orlandodagi otishmani "terakt va nafrat akti" deb atadi.

"Bu terakt, nafrat akti bo‘lgan", deb aytdi Obama maxsus murojaatida. U FQB jinoyatni aynan terakt sifatida tergov qilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga prezident huquq-tartibot muassasalariga jinoyatchining bu jinoyatni sodir etishga undagan aniq motivlar noma'lumligini tan oldi. "Biz qotilning aniq motivlarini hali bilmaymiz. Shunisi aniqqi, bu nafrat bilan to‘lib-toshgan odam bo‘lgan", deb qo‘shimcha qildi Obama.

Obama jinoyatchining terrorchilik guruhlari bilan aloqasi borligini tekshirishga ko‘rsatma berganini ma'lum qildi. "Biz bu qanday va nima uchun sodir bo‘lganini aniqlaymiz", deb va'da berdi Obama.

Orlandodagi ommaviy qotillik Pulse tungi klubida sodir bo‘ldi. Hujum qilgan Omar Matin klubga tashrif buyurganlarga o‘q uza boshlagan va odamlarni garovga olgan. Huquq-tartibot muassasalaridagi manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi avtomatik miltiq va to‘pponcha bilan qurollangan bo‘lgan.

Voqea joyiga FQB, politsiya, maxsus xizmatlar xodimlari va sapyorlar yetib kelgan. Jinoyatchi politsiya bilan 3 soat davom etgan otishmadan keyin yo‘q qilingan. Voqea oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi yaralangan. Politsiyachilar 30 kishini garovdan qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.

CNN telekanali huquq-tartibot muassasalaridagi manbalariga tayangan holda jinoyatchi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, IShID bilan aloqasi borligini aytganini ma'lum qildi. Bundan tashqari, Matin aka-uka Tsarnayevlar Boston marafonida sodir etgan teraktni ham eslab o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: