9 iyundan Myanma davlatida yomg‘ir mavsumi kuchli yomg‘irlar yog‘ishi bilan boshlandi. Buning oqibatida, mamlakatning ko‘plab tumanlarida suv toshqinlari yuz bergan.
3 kun ichida toshqinlardan 12 kishi halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda “Sinxua” agentligi.
Ekspertlarning fikricha, 2016 yil tabiiy ofatdan yetkazilgan iqtisodiy zarar va talofat o‘tgan yilgidan ko‘proq bo‘ladi.