Meksikada uch erkak yo‘nalish avtobusining yo‘lovchilarini tunamoqchi bo‘ldi, biroq ularning bu rejalari ular uchun falokatli yakunlandi. Hoy Estado nashrining ma'lum qilishicha, ikki jinoyatchi o‘lgan, yana biri qo‘lga olingan.
Voqea 12 iyunda mahalliy vaqt bilan soat 10:00larda Pachukadan Mexikoga ketayotgan avtobusda sodir bo‘ldi. Qurollangan jinoyatchilar transport vositasini to‘xtatgan va yo‘lovchilardan pul va qimmatbaho buyumlarni berishni talab qilgan.
Jinoyatchilardan biri qo‘rqitish uchun yuqoriga o‘q uzgan, biroq o‘q tomdan qaytib, sherigiga tekkan. U shu ondayoq jon bergan. Shundan keyin 30 ga yaqin yo‘lovchi o‘q uzgan jinoyatchiga hujum qilib, uni o‘lasi qilib do‘pposlagan, deb xabar bermoqda La Jornada en linea.
Uchinchi jinoyatchi ham bir nechta jarohatlar olgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar uni qo‘lga olishgan.