"Lukoyl" vitse-prezidentining o‘g‘li Ruslan Shamsuarov 15 sutka o‘tirib chiqdi

Jahon 10:30 / 13.06.2016 10447

12 iyun kuni Shamsuarov Moskvaning Mnevniki ko‘chasidagi ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxslarni saqlashga mo‘ljallangan ikkinchi maxsus qabulxonasini tark etgan. Uni tashqarida ikkita tansoqchi bilan Volkswagen Minivan mashinasi kutib turgan. U advokati hamrohligida mashinaga o‘tirgan, jurnalistlarning savoliga javob bermagan. 

22 may kuni Ruslan Shamsuarovga tegishli Mercedes mashinasida ketayotgan ikki yigit, ularni politsiya ta'qib qilishni boshlagach, YHQni qo‘pol ravishda buzgan edi. Politsiyachilar o‘ziga xos poygachilarni 6 soatdan keyin to‘xtatishning uddasidan chiqishgandi. Shahar sudi, Shamsuarov bilan birga mashinada bo‘lgan 3 yigitga 15 sutkadan, bir qizga 10 sutka ma'muriy jazo belgilangan edi. Keyinroq RF tergov qo‘mitasi, ularga nisbatan jinoiy ish ham qo‘zg‘atdi.

Ko‘proq yangiliklar: