KXDR xakerlari Janubiy Koreyadan 42 mingta hujjatni o‘g‘irlashdi

Jahon 11:56 / 13.06.2016 5102

KXDR shu yilning fevral oyida Janubiy Koreyaning davlat muassasalariga ommaviy xakerlik hujumini amalga oshirgan. Buning natijasida 42 mingdan ortiq hujjatlar o‘g‘irlangan. Bu haqida Yonhap agentligi Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi ma'lumotiga tayanib xabar berdi.

Mazkur kuchli kibernetik hujum natijasida F-15 qiruvchi samolyotlarining chizmalari ham o‘g‘irlanganligi ta'kidlanmoqda. 

So‘nggi yillarda Seul va Vashington KXDRni bir necha marotaba maqsadli kiberhujumlarda ayblashdi, Pxenyan esa bunga aloqadorligini butkul inkor qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: