AQSh Davlat kotibi Jon Kerri amerikaliklarni IShID terrorchilik guruhiga qasamyod keltirgan Omar Matin Orlandodagi tungi klubda 50 kishini otib o‘ldirgandan keyin qandaydir dinni bunda ayblamaslikka chaqirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz qilishimiz mumkin bo‘lgan eng yomon narsa – bu qandaydir dinga barmog‘imiz bilan ko‘rsatishimizdir. Mamlakatimiz qadriyatlari bundan iborat emas", deb aytdi Kerri
12 iyunda Orlandodagi tungli klubdagi otishmada 50 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi jarohat oldi. Teraktni uyushtirishda gumon qilinayotgan Omar Matin afg‘on oilasida o‘sgan AQSh fuqarosi bo‘lgan.