«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Yon-Arne Riise futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Tribuna.uz xabar berdi.
«Men faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Keyingi mavsum oxiridamas, bu mavsum oxirida ham emas, mavsum o‘rtasida. Biz «Olesunn» rahbariyati bilan shu bo‘yicha kelishuvga erishdik.
Futbolda eng muhimi undan zavq olish. Futbol o‘ynash xursandchilik baxsh etishi, mashg‘ulotlarni chin dildan o‘tashing muhimdir.
Keyingi vaqtlarda men bunday zavqni his qilmay qo‘ydim. Menga futbol o‘ynash haliyam yoqadi, ammo men endi kerakli hislarni tuymay qo‘ydim. Avvaliga 40 yoshimgacha Norvegiyada o‘ynamoqchi edim, lekin buning iloji bo‘lmaydi. Men shunday ham futbolda 20 yil yashadim», – deya yozgan Riise o‘z rasmiy saytida.
Riise «Liverpul»dagi o‘yinlari orqali tanilgan. Ayni vaqtda 35 yoshda bo‘lgan bu norvegiyalik futbolchining oxirgi jamoasi «Olesunn» bo‘ldi, u aynan shu jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Riise shuningdek, «Monako», «Fulhem», «Roma», APOEL va «Deli Dinamos» jamoalari safida ham o‘ynadi.