Hindiston bosh vaziri Toshkentdagi ShHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston 14:54 / 13.06.2016 9315

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 23-24 iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitiga tashrif buyuradi. Bu haqida RIA "Novosti"ga Nyu-Delidagi diplomatik manba xabar bergan. 

"Biz bosh vazir Modining sammitda qatnashishini tasdiqlovchi rasmiy ma'lumot oldik", - deya ma'lum qildi agentlik manbasi. 

Sammitda Hindiston va Pokistonning tashkilotga qo‘shilishiga doir majburiyatlar memorandumi imzolanishi kutilmoqda. 

ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston a'zo. Belarus, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2015 yilning iyulida ShHTda tashkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qilish tartibi boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: