Xemilton Kanada Gran-prisidagi g‘alabasini Muhammad Aliga bag‘ishladi

Sport 14:59 / 13.06.2016 2784

«Mersedes» jamoasi haydovchisi Lyuis Xemilton "Formula-1" chempionatining 7-bosqichi — Kanada Gran-prisida qozongan g‘alabasini afsonaviy bokschi Muhammad Ali xotirasiga bag‘ishladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Poygachi finish chizig‘ini bosib o‘tganidan radioaloqa orqali o‘z jamoasiga Alining mashhur so‘zlarini hayqirgan. Mashinadan tushganida esa, bokschilarga xos turish qilgan. 

12 iyun yakshanba kuni, Xemilton ushbu chempionatdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Ferrari» a'zosi Sebastyan Fettel ikkinchi, «Uilyams» vakili Valtteri Bottas uchinchi bo‘lgan. «Toro Rosso»ning rossiyalik poygachisi Daniil Kvyat o‘n ikkinchi bo‘lib finishga yetib kelgan. 

Chempionatning navbatdagi bochqichi — Yevropa Gran-prisi Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: