Shimoliya Irlandiya terma jamoasi muxlislaridan biri Nitstsa shahrida o‘lim topdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar tarqatdi.
U bu shaharga Shimoliy Irlandiyaning Polshaga qarshi o‘yinini tomosha qilish uchun kelgandi.
Uning o‘limi tasodifan yuz bergan. 24 yoshli bu muxlis mast ahvolda ko‘prik suyanchig‘i osha 8 metr pastga qulagan va o‘sha zahoti jon bergan. U plyajdagi toshlarga boshi bilan tushgan.
S guruhi doirasida bo‘lib o‘tgan Polshaga qarshi bahs irlandiyaliklarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.