Yevro-2016. Germaniya Ukrainani yengib, turnirni g‘alaba bilan boshladi

Sport 02:10 / 13.06.2016 6200

Germaniya Ukrainaga qarshi o‘tkazilgan Yevropa chempionati doirasidagi ilk o‘yinida g‘alaba qozondi. Vilnyov-d'Askdagi «Per-Morua» stadionidagi uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi. 

19 daqiqada Shkodran Mustafi jarima zarbasi vaqtida ukrainaliklar jarima maydonchasida paydo bo‘ldi va boshi bilan Pyatov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Bo‘limning qolgan qismida ukrainliklar katta ustunlikka ega bo‘lishdi biroq bu hisobda aks etmadi. 

Ikkinchi bo‘lim esa to‘liq bundestim ustunligi ostida o‘tdi. Nemislar to‘pni nazorat qilishdi va Ukrainaga hujum qilish uchun imkon bermadi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Bastian Shvaynshtayger Germaniyaning ustunligini 2ta to‘p farqiga yetkazdi.

Germaniya – Ukraina 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 19 Mustafi, 2:0 – 90 Shvaynshtayger.
Germaniya – Noyyer, Boateng, Xektor, Xevedes, Mustafi, Gettse (Shvaynshtayger, 90), Kroos, Ozil, Xedira, Draksler (Shyurrle, 78), Myuller.
Ukraina – Pyatov, Xacheridi, Shevchuk, Fedetskiy, Rakitskiy, Kovalenko (Zinchenko, 74), Stepanenko, Yarmolenko, Sidorchuk, Konoplyanka, Zozulya (Seleznev, 66).
Ogohlantirish: Konoplyanka (68).

Ko‘proq yangiliklar: