Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan referendumning ertasi kuniga funt sterling qiymati 30 yillik minimal qiymatigacha pasayishi mumkin, deb yozmoqda iqtisodchilar o‘rtasidagi so‘rovga iqtibos keltirgan holda Bloomberg.
Ko‘pchilik iqtisodchilarning fikricha, Buyuk Britaniya fuqarolari Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz bersalar, funt sterling kursi 1,35 dollarga tushib ketadi. Shu bilan bir vaqtda, agar britaniyaliklar Yevropa Ittifoqida qolishga ovoz bersalar, funt sterling 1,50 dollarga yetishi mumkin. Anyi vaqtda bu pul birligining kursi 1,41 dollar atrofida qolmoqda.
JPMorgan mutaxassisi Maykl Bellning fikricha, Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi "valyuta bozorlariga aniq qaraxtlik qiladi", buning oqibatida "funt narxi juda katta miqdorda tushib ketishi" mumkin.