«Liverpul» jamoasi a'zosi hisoblanadigan Mario Balotelli shanba kuni Italiyaning Breshia viloyatidagi Lonato-del-Garda shahridagi tungi klublardan birida mushtlashuv ishtirokchisiga aylangan. Bu haqda Tribuna.uz xabar tarqatdi.
Bu hodisa Coco Beach barida sodir bo‘lgan. Avvaliga Balotelli bir guruh yoshlar bilan suratga tushgan va binoni tark etishga chog‘lanib, avtobusga chiqqan.
Xuddi shu vaqtda noma'lum sababga ko‘ra mushtlashuv kelib chiqqan va 33 yoshli erkak shifoxonaga yotqizilgan. Uning qo‘li avtobusda chiptalarni tekshirish uchun o‘rnatilgan qurilmaga (validator) tushib qolgani uchun, 3ta barmog‘i amputatsiya qilingan.
Balotelli shu hodisa yuzasidan politsiyaga chaqirilgan, guvoh sifatidami yoki janjal ishtirokchisi sifatidami, bunga aniqlik kiritilmagan.
Yakunlangan mavsumni «Milan»da ijara asosida o‘tkazgan 25 yoshli futbolchi 2 iyul kuni «Liverpul»ning mavsumoldi yig‘inlariga qo‘shiladi.