Yangiyerda ekskavatorlarni ta'mirlash zavodi quriladi

O‘zbekiston 10:15 / 13.06.2016 5663

2017 yilda Yangiyer shahridagi (Sirdaryo viloyati) «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ teplovoz deposi bazasida ekskvatorlar va gusenitsali texnikalarni ta'mirlash bo‘yicha zavod bunyod etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 3 iyundagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Loyihaning yakuniy qiymati 29 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Moliyalash manbasi — «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning shaxsiy mablag‘lari.

Qarorda qayd etilishicha, ekskvatorlar va gusenitsali texnikalarni ta'mirlash hamda ular parkini qayta tiklash uchun zamonaviy ishlab chiqarish bazasini tashkil etish texnikalardan foydalanish samaradorligini oshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: