Aqto‘bedagi qo‘poruvchiliklardan so‘ng 9 kishi shifoxonada qolmoqda

Jahon 17:13 / 13.06.2016 4381


Qozog‘istonlik shifokorlar mamlakat g‘arbidagi Aqto‘be shahrida 5 iyun kuni sodir etilgan qo‘poruvchiliklarda jarohat olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. 

Respublika sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, shahar shifoxonalarida 8 kishi davolanmoqda. Ularning ahvoli o‘rta og‘ir, deb baholanayapti. Yana bir kishi Ostonadagi neyrojarrohlik Milliy markaziga keltirilgan. 

Aqto‘be viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining so‘nggi ma'lumotlariga binoan, 5-13 iyun kunlari oralig‘ida, shahar statsionarlariga jami 40 kishi keltirilgan, ularning 17 nafari ambulator davolanishga yuborilgan. 23 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ularning 3 nafari hayotdan ko‘z yumgan, 12 kishi davolangan.

Ko‘proq yangiliklar: